Mauro Icardi qiziga zo‘ravonlik qilgani haqidagi ayblovlarni rad etdi

Mauro Icardi
Argentinalik futbolchi Mauro Icardi voyaga yetmagan qiziga nisbatan zo‘ravonlik ishlatganlikda gumon qilinmoqda. “Noticias Argentinas” xabariga ko‘ra, futbolchiga qarshi jinoiy ish ochilgan. Hodisa uning sobiq rafiqasi Wanda Nara va 11 yoshli qizi bilan bog‘liq. Naraning politsiyaga bergan ko‘rsatmasida aytilishicha, Icardi qizini koyib, xonaga qamab qo‘ygan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qiz onasiga WhatsApp orqali xabar yuborib, otasi uni urgani va qo‘rqayotganini bildirgan. Keyinchalik qiz uydan o‘zi chiqib ketib, onasining yoniga borgan. Naraning 10 yoshli ikkinchi qizi ham u bilan ketgan. Voqea joyiga politsiya va tez yordam xodimlari chaqirilgan. Xabarda aytilishicha, Icardi uyda qolgan va huquq-tartibot organlari vakillari bilan suhbatlashishdan bosh tortgan. Tigre shahridagi gender zo‘ravonligiga qarshi kurash bo‘limi prokurori Julio Petrucci Naraning ko‘rsatmasini olishni, shuningdek, qiz va futbolchini sud-tibbiy ko‘rigidan o‘tkazishni buyurgan. Icardi ham advokatlari bilan prokuraturada ko‘rsatma bergan. Tergov davom etayotgan bir paytda uning himoyachilari futbolchiga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, u qiziga nisbatan zo‘ravonlik qilmaganini bildirgan. Hozircha xabarda tergov yakunlari yoki ayblovlar bo‘yicha sud qarori haqida ma’lumot berilmagan.
Sursa ↗

Ce știm până acum

Mauro Icardi es un futbolista argentino cuya carrera y vida pública aparecen en la prensa. Según los reportes, su disputa con Wanda Nara y sus planes de volver al fútbol italiano mantienen la atención mediática.

Cel mai recent: Tras la denuncia de Wanda Nara, la prensa informa que la Justicia dispuso una restricción de acercamiento para Mauro Icardi y medidas cautelares de protección para Francesca; la presentación le atribuye presuntas agresiones físicas y verbales.