Narendra Modi sammitda yerda yotgan Hindiston bayrog‘ini ko‘tarib, cho‘ntagiga soldi

Narendra Modi
Manilada o‘tgan QUAD sammitida jamoaviy suratga tushish paytida Narendra Modi polga qo‘yilgan Hindiston bayrog‘ini ko‘rib, uni ko‘tarib oldi. CNBC-TV18 e’lon qilgan videoda bosh vazir suratga tushish joyini belgilash uchun qo‘yilgan bayroqni ko‘tarish maqsadida egilgani aks etgan. Hindiston OAVlari xabariga ko‘ra, Modi bayroqni yerda qoldirishni istamasligini AQSh prezidenti Donald Trampga aytgan. Tramp esa unga «Yashiring», deb javob bergan. Ikki yetakchi o‘rtasidagi qisqa suhbat ham videoga tushgan. Keyin Modi bayroqni kurtkasining cho‘ntagiga solgan. Voqea 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sammitdagi suratga olish jarayonida yuz bergan. Ishtirokchilar turishi kerak bo‘lgan joylarni ko‘rsatish uchun polga mamlakatlar bayroqlari qo‘yilgani aytilmoqda. Videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Manba bu holat Modining 2023-yil avgustida Janubiy Afrikadagi BRICS sammitida qilgan harakatini eslatganini qayd etadi. O‘shanda ham davlat rahbarlari uchun joylarni belgilash maqsadida bayroqlar polga qo‘yilgan. Modi Hindiston bayrog‘ini ko‘tarib, cho‘ntagiga solgan, uning yonidagi Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosa ham o‘z mamlakati bayrog‘ini yerdan olgan edi.
Sursa ↗

Ce știm până acum

ناريندرا مودي سياسي هندي ورئيس وزراء الهند، وتتابعه الصحافة لاجتماعاته الحكومية وتحركاته الرسمية. ونقلت تقارير استعداده لبحث أولويات الحكومة وخططها المقبلة، كما تحدثت عن مشاركته في مأدبة رسمية بمانيلا.